Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi maktabda zilziladan keyingi talato‘p vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila natijasida maktab o‘quvchilarini evakuatsiya qilish vaqtida 12 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘ldi va 35 nafari jarohatlandi. Reuters bergan axborotga ko‘ra, ularni maktab binosidan evakuatsiya qilishga urinishlar samarasiz yakunlangan.
«Biz 50 nafarcha jarohatlanganlarni qabul qilishga ulgurdik. Bizga doimiy ravishda jarohatlanganlar olib kelinmoqda. Ularning aksar qismi binolarning qulab tushishi natijasida jabr ko‘rishgan», — deya Pokistonning Peshovar viloyatidagi kasalxona xodimidan iqtibos keltiradi agentlik.
Dawn nashrining yozishicha, zilzila natijasida Afg‘oniston va Pokistonda halok bo‘lganlar soni 52 nafarga yetgan. Nashrning yozishicha, zilzila episentr Kobulning shimoliy-sharqidan 254 kilometr uzoqlikda Hindukush tog‘i atrofida bo‘lgan. Pokiston meteorologiya xizmatining qayd qilishicha, zilzila magnitudasi 8,1 ballni tashkil qilgan.
Mamlakat bosh vaziri Navoz Sharif barcha tezkor xizmatlarni mazkur falokatdan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun yo‘naltirgan.