Jahon | 10:37 / 26.10.2015
2273
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinada prezidentlikka asosiy nomzodlarning to‘plagan ovozlari tenglashdi

Argentina prezidentlik saylovlarida asosiy o‘rinlarda ketayotgan nomzodlarning ovozlari tenglashdi. Ma'lum qilinishicha, “Respublika taklifi” muxolif konservativ partiyasidan nomzod bo‘lgan Maurisio Makri hamda hukmron “G‘alaba fronti” alyansi vakili Daniel Stsiolining to‘plagan ovozlari tenglashdi.

Markaziy saylov qo‘mitasi 79.97 foiz ovozlarni qayta ishlab chiqqanidan so‘ng ularning har biriga saylovchilarning 35.47 foizi ovoz bergani ma'lum bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish