Jahon | 21:02 / 26.10.2015
3643
1 daqiqa o‘qiladi

BAA neft bahosining 50 dollarga tushib ketganini “insoniyat uchun tuhfa” deb atadi

Abu-Dabi iqtisodiy taraqqiyot departamenti boshlig‘i Ali al-Mansuriy neft bahosining bir barrelga 50 dollar qiymatga tushib ketishini “insoniyat uchun tuhfa” deb atgan, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.

“Neftning bir barreli 50 dollarga tushib ketishi — bu insoniyat uchun tuhfadir. Biz uning shu darajada qolishini istaymizmi? Albatta, yo‘q. Biz uning bahosi barreliga 70, 80 dollar bo‘lishini istaymiz. Ammo o‘ta yuqori narx ham iqtisodiy o‘sishga keskin zarba bo‘ladi. “, — deb ta'kidladi al-Mansuri.

U neftning bir barreli 50-60 dollar atrofida bo‘lib turgan paytida, bu tomonlarning mag‘lubiyati va bozorning kasodi haqida go‘yo bashorat qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish