16:07 / 26.10.2015
2926

Bishkekda tez yordam mashinalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda

Bishkekda tez yordam mashinalari yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Bu haqda tez yordamning 4-raqamli stansiyasiga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

“Mashinalardagi vaziyat og‘ir. Ba'zan umuman mashina bo‘lmaydi. Avtomobil chiqib ketadiyu, darrov ta'mirga yo‘llanadi. Brigadalarimiz navbatma-navbat ishlashiga to‘g‘ri keladi. Mashinalar soni 25ta, raqamlar 40ta”, – dedi u.

Uning ma'lum qilishicha, shahar aholisining bugungi nufusi 1 mln dan oshgani bois mashinalar soni kamida 60-70tani tashkil qilishi lozim.

Top