Sport | 22:10 / 26.10.2015
3017
1 daqiqa o‘qiladi

Daily Mail: “Chelsi” “Liverpul”ga yutqazsa, Mourino ishdan ketadi

“Chelsi” jamoasining “Vest Hem” bilan bo‘lgan o‘yinda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashi klub mutasaddilarini murabbiy Joze Mourino masalasida jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qildi, deb ma'lum qilmoqda Daily Mail nashri.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik murabbiyni mana shu hafta oralig‘ida o‘z lavozimidan ozod etishadi. Bu holat London klubining kelayotgan shanbada “Liverpul” jamoasiga yutqazishi bilan sodir bo‘ladi.

Biroz avvalroq, "Chelsi" Mourino o‘rniga Xosep Gvardiolani taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgandi.

Keyinroq esa, «Chelsi» rahbariyati Mourinoni iste'foga chiqarib, Anchelottini Londonga qaytarish haqida o‘ylayotgani xabar qilindi.

Ma'lumot uchun, "Chelsi" APLning 10 turidan keyin 11 ochko bilan 15-o‘rinda joy olib turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish