Sport | 12:04 / 26.10.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Yengil atletika bo‘yicha Dohada o‘tkazilayotgan JChda yana bir o‘zbekistonlik sportchi sovrindor bo‘ldi

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik tajribali sportchi Xusniddin Norbekov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yadro uloqtirish sektorida ishtirok etgan Xusniddin 14,57 m natija qayd etib, kuchli uchlikdan o‘rin egalladi.

Mazkur jahon chempionatida yuzdan ortiq davlatdan kelgan paralimpiyachilar sovrinli o‘rinlar hamda 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun bahs yuritishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining birinchi kungi bahslarida o‘zbekistonlik Bekjon Chevarov uzunlikka sakrash musobaqasida 6 m. 65 sm. natija qayd etib, bronza medali bilan taqdirlangan edi. U ushbu ko‘rsatkich bilan Osiyo rekordini ham yangiladi.

Ma'lumot uchun. O‘zbekiston sportchilari 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o‘tkaziladigan XV yozgi Paralimpiya o‘yinlariga hozircha 22 ta yo‘llanmani naqd qilib qo‘yishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish