Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: kurdlarning Suriyada yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi
Kurdlarning Suriya shimolida yangi viloyat tuzgani haqidagi e'loni Turkiyaga xavf tug‘diradi. Buni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.
“Suriyaning “Demokratik ittifoq” kurd partiyasi o‘z boshqaruv asoslariga ega yangi viloyat tuzganini e'lon qilgan Tal'-Obod shahridagi vaziyat Turkiyaga xavf soladi”, deb aytdi Erdo‘g‘an. Erdo‘g‘anning aytishicha, “hamma Anqara bu e'longa tegishlicha tarzda javob berishini anglashi kerak”.
O‘tgan haftada suriyalik kurdlar Suriya shimolida, Turkiya bilan chegarada yangi viloyatni tuzganlarini e'lon qilganlari haqida axborot paydo bo‘lgan edi. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, viloyat tarkibiga o‘zini mudofaa qilish kurd otryadlari nazoratidagi Tal'-Obod shahri ham kirgan.
Avvalroq bu shahar IShID tomonidan bosib olingan edi, biroq birmuncha vaqt avval kurd jangovor tuzilmalari tomonidan ozod qilingan.
Yangi viloyat “Demokratik ittifoq” partiyasi tashabbusi bilan tuzildi.