23:24 / 26.10.2015
5050

Hyundai kompaniyasi tomoshabinlar ko‘z oldida krash-test o‘tkazdi

Hyundai kompaniyasi omma ko‘z o‘ngida Amerika va Koreya Sonata sedanlarining krash-testini o‘tkazdi. Tajriba mualliflari bu bilan xavfsizlik va sifat darajasi borasida mashinalar bir-biriga sira o‘xshamasligini isbot qilishmoqchi bo‘ldi. Uning roligi YouTube orqali e'lon qilindi.

Tajriba mana shu yilning avgust oyida ochiq kinoteatr maydonida sinovdan o‘tkazilgan edi. Mashinalarni elektron yo‘q orqali boshqarishgan, rullarga manekenlarni o‘tkazib qo‘yib, ikki mashinani soatiga 56 km. tezlikda bir-biriga to‘qnashtirishgan edi. Avtomobillar hech qanday himoya vositalarsiz yuzma-yuz urilishgandi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, har ikki tomon “Sonato”lari unchalik zarar ko‘rmagan.

Top