Jahon | 11:28 / 26.10.2015
3545
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyadagi avtomagistralda yuk mashinasi portlab ketdi

Janubiy Koreyadagi avtomagistrallardan birida harakatlanayotgan yoqilg‘i ortilgan yuk mashinasi portlab, yonib ketdi. Bu haqda YTN xabar bergan.

Portlash natijasida 1 kishi qattiq kuyish jarohati bilan, yana 7 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu voqea Kensan-Pukto viloyatining Sandju shahri yaqinida ro‘y bergan.
Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish