Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JOGMEC O‘zbekistonda geologik razvedka ishlarini o‘tkazadi
Yaponiyaning milliy neft, gaz va metall korporatsiyasi (JOGMEC) va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida uglevodorod xom ashyosi bo‘yicha geologik razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Bu haqda RIA Novosti xolding vakiliga tayangan holda ma'lumot bermoqda.
Xabarnomada ta'kidlanishicha, hujjatga ko‘ra Yaponiya korporatsiyasi keyingi yilning birinchi choragi oxiriga qadar ko‘rsatilgan maydonlarni o‘rganib chiqib, ular bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. 2016 yil yoziga qadar JOGMEC dasturni taklif qilib, shu asosda litsenziya olishi mumkin bo‘ladi.
Kelishuv Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga 24-26 oktabr kunlaridagi tashrifi chog‘ida imzolandi.