Jahon | 10:04 / 26.10.2015
2014
2 daqiqa o‘qiladi

Kanada g‘arbidagi kema halokati sabab uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi qutqarildi

Kanadaning Tofino shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda kema halokatga uchradi. Natijada uch kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari esa qutqarib qolindi. Bu haqda CBC telekanali ma'lum qildi.

Tofino tibbiy yordam xizmatining ma'lum qilishicha, uch nafar kishi nobud bo‘lgan, to‘rt kishi kasalxonaga jo‘natilgan, besh yo‘lovchiga esa qirg‘oqning o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Viloyatning qutqaruv-muvofiqlashtiruv markazi ma'lumotiga ko‘ra, kema halokatga uchragan payt uning bortida 27 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Shu bois boshqa yo‘lovchi hamda ekipaj a'zolarini izlash ishlari davom ettirilmoqda.

CTV telekanalining ma'lum qilishicha, yo‘lovchi va ekipaj a'zolarini izlash ishlariga aviatsiya jalb etilgan. Qutqaruv-muvofiqlashtiruv markazining ma'lum qilishicha, qidiruv ishlariga ikki samolyot va bir vertolyot, shuningdek, Kanada qirg‘oq qo‘riqlov xizmatining ikki kemasi jalb qilingan. Bundan tashqari, bu ishlarga ko‘ngilli baliqchilar va mahalliy aholining kemalari ham jalb etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish