08:46 / 26.10.2015
3720

Komik aktyor Jimmi Morales Gvatemala prezidentligi saylovida g‘alabaga erishdi

Gvatemala prezidentligiga nomzod, komediya aktyori Jimmi Morales saylovlarning ikkinchi turida g‘alabaga erishganini e'lon qildi, deya xabar berdi Reuters.

“Prezident sifatida sizni yeb yuborayotgan poraxo‘rlikka qarshi kurash vakolatini qo‘lga kiritdim, sizlarni Xudo o‘z panohida asrasin, barchangizga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi u.
Gvatemala oliy saylov tribunali ma'lumotlariga ko‘ra, Morales 70,4 foiz ovoz to‘plagan, ayni paytda uning raqibi – mamlakatning sobiq birinchi xonimi Sandra Torres 29,6 foiz saylovchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Shu munosabat bilan Sandra Torres Moralesni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.Bundan avvalroq esa Gvatemala sudi sobiq prezidentning mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Top