23:16 / 26.10.2015
7614

KUN.UZ dayjesti: 26 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Yer yuzida jozibador aholiga ega mamlakatlar top-10ligi e'lon qilindi>>

Yer yuzida jozibador aholiga ega davlatlar o‘ntaligi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda, momondo sayyohlik xizmati. Ro‘yxatni tashkil etishda 15 ta mamlakatdan 15 mingga yaqin sayyoh ishtirok etgan.

Chimkentdagi festivalda Makkadan keltirilgan suvda osh qilgan oshpaz g‘alaba qozondi>>

Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan “Al-Akram” to‘yxonasida an'aneviy ravishda oktabr oyida o‘zbek oshpazlari o‘rtasida o‘tkaziladigan osh festivalida g‘alaba qozongan G‘ulomjon G‘aniyev taomni Makkadan keltirilgan suvda tayyorlaganini ma'lum qildi.

NASA “mingyillik dovuli”ning orbital foto va videolarini ko‘rsatdi>>

NASA agentligi “mingyillik dovuli” nomini olgan tabiiy ofatning orbitadan suratga olingan foto va videolarini ko‘rsatdi. Bu haqda agentlikning saytida xabar qilindi.

“Stiv Jobs” AQShda pul to‘play olmadi>>

Maykl Fassbender bosh rolni ijro etgan “Stiv Jobs” filmi katta ekranlarga chiqqanidan so‘ng dastlabki dam olish kunlari 7.3 mln dollar kassa qildi, deb xabar beradi Variety nashri. 23 oktabrdan namoyishi boshlangan kartina 2 ming kinoteatrda ko‘rsatilganiga qaramay, amalda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

2 oyoqli buldog internet yulduziga aylandi>>

AQShda tug‘ilgan 6 oylik Bonsay laqabli it internet yulduziga aylandi. The Daily Telegraph nashrining yozishicha, u umurtqa pog‘onasining yarmi bilan tug‘ilgan.

Rossiyalik yigit harbiy xizmat o‘tash uchun 46 kg vazn tashladi>>

Rossiyaning Kemerovsk viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit armiyada xizmat qilish uchun 46 kg vazn tashladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi Markaziy harbiy okrug vakili Yaroslav Roshchupkinga tayangan holda ma'lumot berdi.

Velikiy Novgorodda Ginnesning rekordlari kitobiga kirish uchun ikki tonna karam tuzlashdi>>

Rossiyaning Velikiy Novgorod shahridagi restoranlardan birida ikki tonna karam tuzlashdi, deb xabar bermoqda FlashNord.

Jastin Biber Milanda MTV EMA taqdimotida 5 ta mukofot bilan taqdirlandi>>

Kanadalik taniqli xonanda Jastin Biber Milanda 25 oktabrda bo‘lib o‘tgan MTV Europe Music Awards musiqa taqdimotida 5 ta mukofot bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

«Arsenal» Instagramdagi obunachilariga minnatdorchilik bildirishda Arshavinning suratidan foydalandi>>

Londonning "Arsenal" jamoasining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga obunachilar soni 4 mln nafarga yetgani munosabati bilan jamoaning sobiq futbolchisi Andrey Arshavinning surati joylashtirildi.

Kiyevdagi stadion direktori qora tanlilar uchun alohida tribuna tashkil qilish taklifini ma'qulladi>>

Kiyevdagi «Olimpiyskiy» sport kompleksi ijrochi direktori Vladimir Spilchenko Yevropa chempionlar ligasining «Chelsi»ga qarshi uchrashuvida qora tanli muxlislarning kaltaklanishi bo‘yicha vaziyatga izoh berib o‘tdi.

«Dinamo» – «Chelsi» bahsi vaqtida qora tanli muxlislarning kaltaklanishi tasvirlangan yangi videolar tarqaldi>>

Yevropa chempionlar ligasining «Dinamo» – «Chelsi» jamoalari uchrashuvida kamida to‘rtta to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqda Tribuna.com nashri xabar tarqatmoqda.

Suares "Barselona" safidagi ishtirokiga 1 yil to‘lgan kunni xet-trik bilan nishonladi>>

Urugvaylik hujumchi Luis Suares "Barselona" safida Ispaniya chempionatidagi ishtirokiga 1 yil to‘lgan kunni ajoyib o‘yin bilan nishonladi.

Rossiyalik turistlar oqimining kamayishi tufayli Antalya 5 mlrd dollar zarar ko‘radi>>

Turkiyaning Antalya kurorti 2015 yilda rossiyalik sayyohlar oqimining kamayishi oqibatida 5 mlrd dollar zarar ko‘radi. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri Professional Hotel Managers Association (POYD) tashkiloti ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Internetda Samsung kompaniyasining 18,4 dyuymli yangi plansheti ma'lumoti paydo bo‘ldi>>

Adorama do‘konining saytida 18,4 dyuymli Samsung Galaxy View plansheti haqida ma'lumot chiqdi.

Noyabrda Misr piramidalarni kosmik nurlar bilan skanerdan o‘tkaza boshlaydi>>

2016 yildan Misr qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ochmoqchi. Shu maqsadda joriy yilning noyabridan boshlab u piramidalarni kosmik nurlar yordamida skan qilish bo‘yicha global loyiha amalga oshirila boshlanadi.

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi>>

Internetda odamzod ming yildan keyin qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini namoyish qiluvchi video paydo bo‘ldi.

Bill Geyts va boshqa investorlar sun'iy go‘sht va pishloq ishlab chiqarish uchun 108 mln dollar sarmoya ajratishdi>>

Microsoft kompaniyasining asoschilaridan biri, dunyoning eng badavlat insoni Bill Geyts, Viking Global Investors, Horizons Ventures kompaniyalari va boshqa investorlar Impossible Foods kompaniyasining sun'iy go‘sht va pishloq ishlab chiqarish loyihasiga 108 mln dollar sarmoya ajratishdi.

Londonda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan uchar avtomobil taqdim etildi>>

Slovakiyalik loyihachilar uchar avtomobillar ustida 90-yillardan beri ter to‘kib kelishadi. Uchar avtomobilning birinchi prototipi 2014 yilda taqdim etilgan edi. Bu yil esa barcha tayyorgarlikdan o‘tgan va ishlab chiqarishga tayyor “AeroMobil” haqda ma'lum qilishdi. Ushbu turkumdagi so‘nggi ishlab chiqilgan AeroMobil 3.0 Londondagi Founders Forum da namoyish etildi.

Top