Fan-texnika | 00:27 / 26.10.2015
6155
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan uchar avtomobil taqdim etildi

Slovakiyalik loyihachilar uchar avtomobillar ustida 90-yillardan beri ter to‘kib kelishadi. Uchar avtomobilning birinchi prototipi 2014 yilda taqdim etilgan edi. Bu yil esa barcha tayyorgarlikdan o‘tgan va ishlab chiqarishga tayyor “AeroMobil” haqda ma'lum qilishdi. Ushbu turkumdagi so‘nggi ishlab chiqilgan AeroMobil 3.0 Londondagi Founders Forum da namoyish etildi.

Aeromobilning texnik xarakteristkasi juda ajoyib: uzunligi 6 metr, eni esa 2.24 metr, og‘irligi 450 kg. Aeromobil soatiga 160 km. tezlikda harakatlana oladi. Yuz km. ga 8 litr yoqilg‘i sarflaydi. Uning uchishi uchun 200 metrli yo‘lak, qo‘nishiga esa 50 metrli yo‘lak kerak bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, aeromobilda radioelektronika, avtopilot va parashyut bo‘lishi ham mumkin. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, uning narxi kichik samolyotning narxicha bo‘ladi hamda uni boshqarish uchun maxsus guvohnoma talab etiladi.