22:50 / 26.10.2015
4227

Lvovlik amaldorini mail.ru elektron pochtasi sabab ishdan haydab yuborishdi

Lvov viloyati xalqaro hamkorlik va sayyohlik departamenti vakili ish jarayonida Rossiyaning mail.ru elektron pochta xizmatidan foydalangani uchun o‘z lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda Korrespondent.net.

Uni ishdan ketgazish haqda viloyat davlat ma'muriyati rahbari Oleg Sinyutka qaror chiqargan. Gap shundaki, vakil rasmiy tadbirga mehmonlarni aynan mail.ru elektron pochtasi orqali taklif qilgan.

LІGA.net bergan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 21 oktabrdan boshlab Ukrainaning davlat idoralarida ishlovchi xodimlari gov.ua saytidan foydalanishi belgilab qo‘yilgan.

Top