02:01 / 26.10.2015
2615

Misrda politsiya saylovlarda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan jangarilarni yo‘q qildi

Misr politsiyasi mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan uch nafar jangarini otishmada yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Al Bawaba nashri.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, jangarilar qo‘lbola bombalar qo‘llagan holda teraktlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Bundan tashqari, jangarilar huquq-tartibot muassasalari xodimlariga hujum qilganlikda gumon qilinib qidiruvda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, otishma paytida 3 nafar politsiyachi yaralangan.

18-19 oktabrda Misrda parlament saylovlarining birinchi bosqichi 15 ta viloyatda bo‘lib o‘tdi. Saylovning ikkinchi turi esa qolgan 13 ta viloyatda 22-23 noyabrlarda bo‘lib o‘tadi.

Top