Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabrda Misr piramidalarni kosmik nurlar bilan skanerdan o‘tkaza boshlaydi
2016 yildan Misr qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ochmoqchi. Shu maqsadda joriy yilning noyabridan boshlab u piramidalarni kosmik nurlar yordamida skan qilish bo‘yicha global loyiha amalga oshirila boshlanadi.
Bu haqda qadimgi yodgorliklar va madaniy meros vaziri Mamduh ad-Damatiy ma'lumot berdi. Loyihada Fransiya, Kanada va Yaponiya olimlari ishtirok etadi. “Tadqiqot davomida eng yangi texnologiyalardan foydalaniladi, ular piramidalar uchun xavfsiz bo‘lib, ular orqali qadimgi ehromlarning yangi sirlarini ocha olamiz”, - deb ishontirdi vazir.