Sport | 09:38 / 26.10.2015
2200
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: OFK rahbari shayx Salmon FIFA prezidentligi uchun saylovda qatnashadi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti shayx Salmon ibn Ibrohim al-Xalifa FIFA prezidentligi saylovida ishtirok etish uchun hujjat topshirgan. Bu haqda Reyter nashri xabar qildi.

OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, shayx Salmon FIFAning vaqtinchalik rahbari bo‘lib turgan, Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti Issa Hayot bilan suhbatdan keyin shunday qaror qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligi uchun shu vaqtgacha UYeFA prezidenti Mishel Platini, FIFA Ijroqo‘mi sobiq a'zosi Jyerom Shampan, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Hussayn, Trinidad va Tobago terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Naxid hamda Janubiy afrikalik multimillioner Mosima Gabriel Sevale o‘z nomzodlarini ilgari surishgan.

Prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 26 oktabr kuni yakuniga yetadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish