Jahon | 08:37 / 26.10.2015
3864
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Abu-Dabi shahzodasi Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Abu-Dabi valiahd shahzodasi, shayh Muhammad ibn Zayd o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Suriyadagi vaziyatning siyosiy hal qilinishi masalasi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

“Yetakchilar Venadagi konstruktiv muzokaralarga binoan Suriyadagi siyosiy o‘tishning oldinga siljiganini muhokama qilishdi hamda Arabiston yarimorolidagi “Al-Qoida” va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurashishning muhimligini ta'kidlab o‘tishdi”, deyilmoqda rasmiy xabarda.   

Shuningdek, Obama va shahzoda Yamandagi qarama-qarshi kuchlarning BMT boshchiligidagi muzokaralarning keyingi bosqichiga o‘tishga tayyorgarliklari borasida ijobiy fikr bildirishdi.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish