Texnologiya | 23:27 / 26.10.2015
13417
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda paxta terimi uchun traktorlar ishlab chiqariladi

Uz CLAAS Agro o‘zbek-nemis mashinasozlik korxonasi 2017 yilda paxta dalalarida ishlashga mo‘ljallangan bir qator maxsuslashtirilgan traktorlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda korxonadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

Xozirda birinchi 4 ta namunaviy modellar O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarning dalalarida sinovdan o‘tmoqda.

“Dunyoda bunga o‘xshash traktorlar xali yaratilmagan – u AXOS 340 nemis traktoriga asoslangan, lekin o‘zbek konstruktorlari ishlanmalari hisobga olingan holda qayta ishlangan. Misol uchun uning g‘ildirak bazasi o‘zgartirilgan – Yevropa uchun an'anaviy bo‘lgan 4 oyoqlik g‘ildiraklar o‘rniga o‘zimizga ko‘proq to‘g‘ri keluvchi uch oyoqlik g‘ildirakli variantga o‘zgartirilgan”, deb aytmoqda manba.

Texnika Fransiyada joylashgan CLAAS nemis konserni ishlab chiqarish quvvatlarida yasalgan. Traktor dvigateli quvvati 100 ot kuchini takshil qiladi. U nafaqat qatorlar orasiga ishlov berish va chigit ekish bilan, balki paxtani kultivatsiyalash, dori purkash va chekankalash bilan shug‘ullana oladi.

Liniya quvvatlari haqidagi qaror 2016 yildagi sinovlardan keyin qabul qilinadi. Parallel ravishda mutaxassislar O‘zbekistonda butlovchi qismlarning bir qismini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bilan shug‘ullanadilar.

O‘tgan yili Uz CLAAS Agro 500 traktor va 220 kombayn, 2015 yilning ayni davriga qadar esa 400 ta traktor va 220 ta kombayn sotgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish