Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar Ostonadagi maktab qurilishiga 12,5 million dollar mablag‘ ajratadi
2015 yilning oxiriga qadar Qozog‘istonning Ostona shahrida shayx Tamim bin Xamad al-Tani nomidagi maktab qurilishi boshlanadi. Bu haqda Kaziform nashri xabar bergan.
Bugun, 26 oktabr kuni Qatarning Doha shahrida shu haqdagi hujjat imzolangan.
Qayd etish kerakki, ayni kunda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qatarda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Ma'lum qilishicha, maktab qurilishi bo‘yicha bitim Ostona shahri hokimi Nurali Aliyev va Qatardagi Investitsion jamg‘arma bosh direktori Xalifa Jassim al-Quvari tomonidan imzolangan.
"Maktab qurilishi uchun sarflanadigan mablag‘ning asosiy qismi Qatar davlati tomonidan ajratiladi. Ushbu maktab uchun 3,7 ga maydon ajratiladi. Yaqin vaqt ichida qurilish jarayonlari boshlanadi. Bu loyiha uchun 12,5 million dollar yo‘naltiriladi", deydi Xalifa Jassim al-Quvari.