Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Yaponiyadan yangi traktor va kombaynlar oladi
Qirg‘iziston Yaponiyadan yangi traktor va kombaynlar oladi. Bu haqda «24» nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe bugun Bishkekka qilgan rasmiy tashrif davomida «Ayyl Bank» OAJ yaponiyaning IHI Star mashina ishlab chiqaruvchi korporatsiyalari o‘rtasidagi memorandumga imzo chekdi. Hamkorlik Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur qo‘shma loyihani amalga oshirish uchun 1,5 mln dollarlik grant asosidagi mablag‘ jalb qilinadi.