Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 18:25 / 26.10.2015
2575
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda 2015 yilning 9 oyida 23 tonnadan ortiq narkotik moddalar qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda 2015 yilning dastlabki 9 oyi davomida 23 tonna 186 kg miqdorida giyohvandlik vositalari, psixotrop va prekursor moddalar qo‘lga olingan. Bu haqda mahalliy IIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, joriy yilda giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 1 163tani tashkil qilgan. Bu 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 6,8 foizga kamroq degani.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish