Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:27 / 26.10.2015
5201
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonliklar militsiyaga qurol-yarog‘larini topshirmoqda
Qirg‘izistonliklar militsiyaga ixtiyoriy ravishda qurol-yarog‘larini topshirmoqda. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, Chu viloyati boshqarmasiga bir erkak murojaat qilib, qo‘lidagi pnevmatik to‘pponchani topshirgan. Talasdagi istiqomat qiluvchi fuqaro esa o‘rmon massivida topib olgan 22 patronni militsiyaga yetkazgan. Talaslik yana bir kishi hokimiyat vakillariga 18 patron va trotil shashkasini topshirgan.
Aytilishicha, bu dalillar ekspertizaga yo‘llangan.