18:53 / 26.10.2015
3559

Qozog‘istonda ko‘p bolali oilalar soni ortmoqda

Qozog‘istonda ko‘p farzandli oilalar soni ortib bormoqda. Bu haqda bugun Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi qoshidagi ijtimoiy xizmatlar departamenti direktori Ajar Tulegaliyeva ma'lum qildi.

"2006 yil bilan solishtirganda mamlakat hududida ko‘p bolali oilalar miqdori 20 foizga oshgan. O‘z navbatida ayollarning "Oltin halqa" va "Kumush halqa" nishonlari bilan taqdirlanishi ham 2 barobar ortgan", deydi Tulegaliyeva.

Bundan tashqari, 2010 yildan beri tug‘ilish ko‘rsatkichlari 9,5 foizga o‘sgan.
"O‘tgan yilda Qozog‘istonda 401 000 chaqaloq dunyo yuzini ko‘rdi. Keyingi yillarda onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari kamaygan", deb qo‘shimcha qiladi Ajar Tulegaliyeva.

Top