01:29 / 26.10.2015
6892

Qozog‘istondagi EXPO qurilishining bir yil o‘tgandan so‘ngi ko‘rinishi

Qozog‘istonlik bloger Vitaliy Perov kvadrokopter yordamida EXPO 2017 qurilishini videoga oldi.

2012 yilda Qozog‘istonda EXPO ko‘rgazmasini tashkil etish maqsadida ulkan qurilish ishlari boshlab yuborilgan edi. 2017 yilning 10 iyun kuni barcha qurilishlar bitgan va mehmonlarni kutib olishga shay bo‘lishi kerak. Bunga yarim yilcha vaqt qoldi.

Videodan shuni bilish mumkinki, bir yil oldin EXPO o‘tadigan maydonda hech narsa yo‘q edi. Ammo oradan bir yil o‘tib, u yerdagi qurilish obektlarini, ular tomida qoplangan quyosh batarealarini ko‘rish mumkin, deb yozadi Vitaliy video izohida.

Top