Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya terma jamoasi 13 noyabr kuni Portugaliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi 13 noyabr kuni London shahrida Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqda Rossiya Futbol ittifoqi rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, bu uchrashuv "Fulxem" jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazadigan "Kreyven Kottedj" o‘yingohida, Moskva vaqti bilan soat 22:45da boshlanadi.
Rossiya terma jamoasi keyingi oyda yana bir o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. 2018 yilgi mundial mezbonlari 17 noyabrda Krasnodardagi "Kuban" jamoasining uy o‘yingohida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.