Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:45 / 26.10.2015
9194
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistoni janubidagi masjidda terakt sodir etildi
Saudiya Arabistonining Yaman bilan chegaradosh hududida, Najran shahridagi masjidlardan birida shom namozi paytida terrorchi o‘z tanasiga o‘rnatilgan bombani harakatga keltirish orqali terakt sodir etdi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt 1 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Yana bir necha kishi yaralangan.
Ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga IShID terrorchilik guruhi oldi.