08:57 / 26.10.2015
3490

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Suriya kelishuvidagi jarayonlar haqida aytib o‘tdi

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr shuni ma'lum qildiki, Suriya vaziyatini hal etishni qidirish jarayoni ham, o‘z navbatida, bir qancha jarayonlarni talab etadi, deb xabar bermoqda Reuters.

U qo‘shimcha maslahatlar kerakligini aytib o‘tgan.
«Suriya nizosini hal etishga yaqin turibmiz va buning uchun bir necha jarayonlarni o‘tkazish kerak.

Ammo men buning uchun yagona to‘xtamga kelindi deya olmayman», — dedi vazir. U bu haqda Qohirada bo‘lib o‘tgan anjumanda, misrlik hamkasbi bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng aytib o‘tgan.

Top