21:29 / 26.10.2015
3580

Shindzo Abe: Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi

“Yaponiya Qirg‘iziston bilan uchta yo‘nalish bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratadi”, deb aytdi Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe.

Abening aytishicha, davlatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Yaponiyaga tashrifidan keyin anchagina faollashdi.

Men sizning davlatingiz bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat qarataman va yuzaga kelgan ijobiy tendensiyani rivojlantirish uchun hamkorlikning uchta yo‘nalishini ajrataman: yo‘l va boshqa infratuzilmalarni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak ko‘rsatish, sanoat uchun yapon texnik ta'lim turiga bo‘yicha xodimlar tayyorlash va gumanitar hamkorlik – yapon tiliga va yapon yakka kurash turlariga o‘rgatish. Shuningdek, mintaqa muammolarini “Markaziy Osiyo + Yaponiya” so‘zlashuvi doirasida yechishdagi hamfikrlikni mustahkamlash ham shular jumlasidandir”, deb aytdi Shindzo Abe.

Top