09:27 / 26.10.2015
11969

Tramp: Agar Saddam Husayn va Kaddafi hozir hokimiyat tepasida bo‘lganida dunyo tinchroq yashayotgan bo‘lardi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Hillari Klinton bilan qatnashgan AQSh kongressida bo‘lib o‘tgan “Bengazi ishi” bo‘yicha tinglovdan so‘ng izoh berarkan, Iroq va Liviya “diktatorlar davrida yaxshiroq yashaganini” ma'lum qilgan.

Bu haqda CNN telekanalining “State of the Union” deb nomlangan ko‘rsatuvida aytilgan, deb yozmoqda Politico.

"Men 100 foiz ishonch bilan ayta olamanki, agar Iroq prezidenti Saddam Husayn va Liviya rahbari Muammar Kaddafi hokimiyat tepasida qoldirilganida, dunyoning ahvoli hozirgidan yaxshiroq bo‘lardi. Agar Iroq va Liviyada hukumat o‘zgarmaganda hozirgi siyosiy muammolar bo‘lmasdi”, — deb o‘tgan u.

Top