Jahon | 00:40 / 26.10.2015
2876
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainadagi mahalliy saylovlarda Klichko Kiyev meri lavozimi uchun saylovlarda 40,4 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi

Ukraina poytaxti Kiyevning amaldagi meri Vitaliy Klichko mahalliy saylovlarda saylovchilarning 40,4 foiz ovozini to‘pladi. Bu natija unga Kiyev meri lavozimi uchun saylovlarning birinchi bosqichidayoq g‘alabani ta'minlaydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bundan Ukrainaning “Komitet izbirateley Ukrainy” (“Ukraina saylovchilari qo‘mitasi”) jamoatchilik tashkiloti buyurtmasi bilan o‘tkazilgan ekzit-pollar (taxminiy hisob-kitoblar) natijalari darak bermoqda.

2-o‘rinni “Batkivshchina” partiyasidan nomzod Vladimir Bondarenko 8,7 foiz ovoz yiqqan holda egallamoqda. 3-o‘rinda 8,1 foiz ovoz to‘plagan “Yedinstvo” partiyasidan nomzod, Kiyevning sobiq meri Aleksandr Omelchenko bormoqda.

Ukrainada mahalliy saylovlar yangi saylov qonuni bo‘yicha o‘tmoqda. Aholisi 90 mingdan kamroq bo‘lgan shaharlarda merlar ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. Yirik shaharlarda agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa yoki o‘zidan keyin kelayotgan raqibidan 20 foiz ko‘proq ovoz bilan oldinlab keta olmasa ikkinchi bosqich belgilanishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish