Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:59 / 26.10.2015
3129
1 daqiqa o‘qiladi
Ukrainadagi saylovda davomat 46,62 foizni tashkil qildi
Ukrainadagi mahalliy saylovlarda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy ko‘rsatkichi 46,62 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Ukraina markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Eng yuqori ko‘rsatkich Ternopol viloyatida qayd qilingan (56,31%), eng past ko‘rsatkich – Donetskda (31,65%).
Mamlakat poytaxti Kiyevda bu ko‘rsatkich 41,87%ni tashkil qilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish