Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Stiv Jobs” AQShda pul to‘play olmadi
Maykl Fassbender bosh rolni ijro etgan “Stiv Jobs” filmi katta ekranlarga chiqqanidan so‘ng dastlabki dam olish kunlari 7.3 mln dollar kassa qildi, deb xabar beradi Variety nashri. 23 oktabrdan namoyishi boshlangan kartina 2 ming kinoteatrda ko‘rsatilganiga qaramay, amalda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Oktyabr boshidagi cheklangan prokatda film muvaffaqiyatli namoyish etilgan edi, shu bois birinchi uik-endda u 20 mln dollar to‘plashi mumkinligi aytilayotgan edi. Natijada u Eshton Katcher bosh rolni ijro etgan “Jobs: havas saltanati” filmidan biroz yaxshiroq ko‘rsatkich qayd qildi. Ikki yil muqaddam u kartina birinchi uik-endda 6.7 mln dollar to‘plagan edi.