Jahon | 07:47 / 27.10.2015
5141
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari Xitoy tomonidan Janubiy Xitoy dengizida yaratilgan orollarni nazorat qilishni boshladi
AQShning USS Lassen esminetsi Xitoy tomonidan Janubiy Xitoy dengizida yaratilgan orollarni patrul nazorati qilish uchun orollar dengiz hududlariga kirdi, deb xabar bermoqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.
Manbaning aytishicha, kema Vetnam, Xitoy, Tayvan, Malayziya, Filippin va Bruney tomonidan egalik qilish borasida bahsga sabab bo‘layotgan Spratli arxipelagidagi Subi va Mischif riflari yaqinida turibdi va patrul bir necha soat davomida tugatiladi.
2014 yilda Xitoy arxipelagning bir nechta riflarini harbiy infratuzilmani joylashtirish uchun orollarga aylantirish bo‘yicha loyihani yakunlagan edi.