AQShda "Tepki" laqabli kuchuk o‘z xo‘jayinini otib qo‘ydi
AQShda ov iti o‘z xo‘jayini o‘qotar quroldan jarohatlanishiga sababchi bo‘ldi.
O‘tgan haftada Indiana shtati shimolida o‘rdak ovlab yurgan 25 yoshli Elis Karter noxush voqeaga yo‘liqdi.
Ma'lum qilinishicha, u dam olish uchun daryo qirg‘og‘ida to‘xtagan va miltig‘ini tosh ustiga qo‘ygan. Unga hamrohlik qilayotgan labrador zotli mallarang iti esa bexosdan qurolga tegib ketib, tepkini harakatga keltirgan hamda o‘z xo‘jayiniga jarohat yetkazgan.
Ushbu itning laqabi "Tepki" bo‘lib, bu tasodif ko‘pchilikning e'tiborini tortgan.
Voqea jabrlanuvchisi tezda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan, uning o‘ng oyog‘i 2 joydan jarohatlangan.
Mahalliy ekologiya xizmati xodimining aytishicha, Elis ismli ushbu yigit ov vaqtida harakatlanish qoidalariga rioya qilmagan.
U boshqa ovchilarni bunday ehtimollarni nazarda tutishga chaqirgan.