Brent turidagi 1 barrel neft narxi 47,28 dollarga tushdi
Kelgusida AQShdagi yoqilg‘i zaxirasining ortishi haqidagi ma'lumotlr tufayli neft narxida tushish kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.
Brent turidagi neft narxi 27 oktabr kuni soat 10.30dagi London birjasidagi savdolarga ko‘ra 0,26 (0,55 foiz) dollarga arzonlashib, bir barreli 47,28 dollarni tashkil etgan. Dushanba kungi savdolarda bu turdagi neft narxi 0,45 (0,94 foiz) dollarga pasaygani kuzatilgandi.
WTI turidagi neft narxi esa Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolariga ko‘ra, 0,47 (1,07 foiz) dollarga kamaygan va 43,51 dollarga baholangan. Dushanba kuni ushbu turdagi neft narxi 0,62 (1,39 foiz) dollarga pasaygan edi.
So‘nggi 4 haftada AQShda neft zaxirasi 5 foizga ko‘paygan, ya'ni 477 mln barrelgacha oshgan. Bu esa o‘tgan yilgi ayni vaqtga nisbatan 1930 yildan buyongi eng yuqori ko‘rsatgich hisoblanadi.