Jamiyat | 10:13 / 27.10.2015
2516
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaning TalkTalk provayderiga xakerlik hujumi amalga oshirilganlik bo‘yicha 15 yoshli o‘smir hibsga olindi

Shimoliy Irlandiyada politsiya 15 yoshli o‘smirni Britaniyaning TalkTalk provayderiga xakerlik hujumi amalga oshirilganlik bo‘yicha tergov doirasida hibsga oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning TalkTalk telekommunikatsion kompaniyasi xakerlik hujumiga uchrab, xakerlar tomonidan mijozlar haqida ma'lumotlar o‘g‘irlangani ma'lum qilingandi. Biroq kompaniyada jinoyatchilar o‘g‘irlangan ma'lumotlar yetarlicha emasligi tufayli jinoyatchilar ulardan mijozlarning hisoblari bilan turli firibgarliklar amalga oshira olmasliklari ta'kidlab o‘tilgan edi.

“15 yoshli o‘smir kompyuter texnologiyalaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlikda gumon qilinib hibsga olindi”, deyilmoqda London politsiyasi bergan xabarda.

Ta'kidlanishicha, o‘smir yaqin orada so‘roq qilinadi.