O‘zbekiston | 17:42 / 27.10.2015
2285
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muloqot davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Britaniya hamkorligi ijobiy sur'atlarda mustahkamlanayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta'kidlandi. Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston — Britaniya kengashining hamraisi Barbara Hey boshchiligidagi Buyuk Britaniya biznes soha vakillaridan iborat nufuzli delegatsiyaning 5-6 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etayotgani ham buni yaqqol tasdig‘i hisoblanadi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish