Jamiyat | 17:11 / 27.10.2015
4041
3 daqiqa o‘qiladi

Dubay politsiyasi shahar aholisining baxtlilik darajasini o‘rganadi

Dubay shahri politsiyasi hududda yashovchi o‘zini baxtsiz deb hisoblaydigan aholiga telefon qilib buning sabablari bilan qiziqib ko‘rishi mumkin. Bu haqda The Independent nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Dubayni 2021 yilda dunyoning eng baxtli shaharlari reytingida kuchli o‘nlikka olib chiqish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida SMS-so‘rovnoma tashkil qilingan.

Shahar aholisining telefoniga ingliz va arab tillarida yozilgan: «Siz, Dubayda baxtlimisiz?» savoli xabarnoma shaklida jo‘natilgan. Javob variantlari sifatida kulib turgan, norozi qiyofadagi va befarq ko‘rinishdagi smayliklarni tanlab, qaytadan jo‘natish taklifi so‘ralgan. Huquqni muhofaza qilish organlari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ular dastlabki kunning o‘zidayoq 200 mingdan ortiq javoblar olingan. Ularning 84 foizi baxtli ekanini bildirishgan bo‘lsa, 6 foizi neytral qarashda ekanini ma'lum qilgan. Qolgan 10 foiz aholi bu hududda o‘zini baxtsiz his qilayotganini tan olgan.

«Agar mazkur masala bizning yo‘nalishga kirsa, biz ularga yordam berishga tayyormiz. Agar bu muammo boshqa bir davlat tashkilotiga aloqador bo‘lgan taqdirda ularni aloqador tashkilotlarga hal qilish uchun yo‘naltiramiz», — deya ta'kidladi Dubay politsiyasi boshlig‘i Hamis Mattar al-Mazeyna. Shuningdek u, shaxsiy masalalar bo‘yicha muammolarni yechishga yordam bera olmasliklarini ham ta'kidlab o‘tishgan.

«Menimcha bu odamlarni baxtliman deb ayttirish uchun qo‘rqitishga ham o‘xshab ketadi. Chunki hech kim, baxtsizman, deganidan keyin unga telefon qilib, “nima muammo, nega baxtsizsan?” qabilidagi so‘roqqa tutishlari yoqmasligi mumkin. Yana bilmadim. Balki bu chinakamiga samimiy chiqar», — deya mazkur yangilikka izoh berdi lektor «Baxt sanoati» kitobi muallifi Uilyam Devis.

Ma'lumot uchun, 2015 yilda World Happiness Report nashri tahlillariga ko‘ra, 158ta davlat joy olgan eng baxtli mamlakatlar reytingida 20-o‘rinda qayd qilindi va boshqa arab mamlakatlarini ortda qoldirib ketdi. Amirlik davlati tashkil topganiga 50 yil to‘ladigan 2021 yilda mamlakat baxtli aholi reytingida kuchli o‘nlikka kirishni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish