Jahon | 09:16 / 27.10.2015
2336
1 daqiqa o‘qiladi

YeI Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishni yangilash ishiga 5 mln yevro ajratadi

Toshkentga Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarish dasturi (BOMCA) baholash missiyasi tashrif buyurdi. Uning asosiy vazifasi amalga oshirilayotgan dastur tafsilotlarini asosiy maqsadli guruhlarga tanishtirish, o‘zbekistonlik hamkasblar bilan vaziyatni baholash, asosiy talablarni aniqlash va dastur yordamiga muhtoj asosiy viloyatlarni belgilashdir.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyunida dasturning 9-bosqichi boshlangan edi. U 3 yil davom etib, mintaqaning barcha davlatlarini qamrab oladi.
BOMCA’ning joriy bosqichi 5 mln yevro byudjyetga ega bo‘lib, Latviya chegara xizmati boshchiligidagi Yevropa hamkorlari konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dastur davomida chegaralarni boshqarish samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. Buning uchun chegaralarni kompleks boshqarish ilg‘or unsurlari joriy qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Uning doirasida tegishli idoralar o‘rtasida axborot almashinuvi yaxshilanadi, shuningdek, hukumatlar migratsion siyosatni takomillashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish