Jahon | 23:53 / 27.10.2015
2612
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Livan va Iroqlik qochqinlar uchun 800 ming yevro ajratadi

Fransiya senati Livan va Iroq Kudistoni qochqinlari uchun 800 ming yevrodan iborat moliyaviy ko‘mak ajratish qarorini qabul qildi. Bu haqda 27 oktabr kuni respublika yuqori palatasi vakili Jyerar Larshe ma'lum qildi.

Ma'lum qilishinishicha, 309 ming yevro tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatuvchi Malta ordeni hisob raqamiga o‘tkaziladi. Ko‘rsatilajak yordam Iroq Kudistonida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish rjyesini amalga oshirishni istagan Malta ordeni dasturiga yo‘naltiriladi.

115 ming yevro esa Suriyadagi yoshlarni savod chiqarishi uchun yordam beradigan Oeuvre d'Orient tashkilotining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, 385 ming yevro Iroq Kurdistonidagi o‘smirlar psixologiyasi masalasida yordam ko‘rsatuvchi Fransiyaning texnika va taraqqiyot hamkorlik agentligi (ACTED)ga taqdim etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish