O‘zbekiston | 10:04 / 27.10.2015
10798
1 daqiqa o‘qiladi

FVV: Toshkentdagi zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil qildi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘z saytida kecha, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila haqida rasmiy axborot e'lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkentda zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil qilgan.

“Toshkent” seysmik stansiyasi ma'lumotlariga qaraganda, 26.10.2015da soat 14:09da zilzila ro‘yxatga olingan. Uning episentri janubi-sharqiy yo‘nalishda, Afg‘oniston hududida joylashgan edi”, - deyiladi xabarnomada. Episentrdagi ofat, ilgari xabar qilinganidek, 7.5 ballni tashkil qildi.

“Silkinishlar kuchi Toshkent, Samarqand, Termiz shaharlari va Toshkent viloyatida 5 ballni, Navoiy, Qarshi, Farg‘ona, Guliston shaharlarida 4 ballni, Buxoro va Jizzaxda 3-4 ballni, Andijon, Namanganda 3 ballni tashkil qildi, Nukus, Urganch shaharlarida silkinishlar kuzatilmadi”, - deb xabar beradi vazirlik.
O‘zbekiston hududida zilzila vayronaliklarga yoki boshqa oqibatlarga olib kelmagan.