Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM yong‘in xavfi borligi sabab 1,4 mln dona avtomobilini ortga qaytarib oladi
Amerikaning General Motors kompaniyasi avtomobillarning dvigatel qismidagi moylash bilan bog‘liq muammolar tufayli dunyo bo‘yicha 1,4 mln mashinalarini ortga qaytarib oladi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, mashinalarda yong‘in chiqishini oldini olish maqsadida aynan shunday qarorga kelingan.
Kompaniya vakili Alen Edlerning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni ta'mirlash kutilgan natijani bermaydi.
Shunday kamchiligi aniqlanib ta'mirlangan mashinalarning ta'minan 1,3 mingtasida yong‘in qayd qilingan. Gap 1997 yildagi mashina modellari haqida ketmoqda.