Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google smartfon yordamida qochqinlar va muhojirlarga yordam beradi
Google kompaniyasi yangi tizimni joriy etdi. Unga muvofiq qochqinlar va muhojirlarning smartfonlariga bir vaqtning o‘zida ular hayotlarini xavfga qo‘ymasliklari uchun muhim ma'lumotlar uzatibturiladi. Bu haqda Huffpost Tech nashri yozmoqda.
Kompaniya bu borada Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi va qochqinlar va muhojirlarga yordam berio‘ maqsadida turar-joy, taransport, tibbiy xizmat va boshqa turdagi yordamlarni uzatib turuvchi Mercy Corps sayti bilan hamkorlik qiladi.
Google bugunga kelib, shu ish yuzasidan 5,5 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Summadan 11 mln dollari turli tashkilotlardan: Doctors Without Borders (“Chegara bilmas shifokorlar”), International Rescue Committee (Xalqaro qutqaruv qo‘mitasi), Save the Children (“Bolalarni qutqarish”) va the United Nations High Commissioner for Refugees (BMTning qochqinlar ishi bo‘yichaboshqarmasi) tomonidan taqdim etilgan.
Kompaniya nemis tilini yaxshi biladigan arab va forslarni hamkorlikka chaqirgan. U bu bilan Google Translate so‘z boyligini oshirib, Yaqin Sharqdan Germaniyaga keluvchi odamlarga yordam ko‘rsatmoqchi.