iPhone smartfonining barcha avlodi suvga chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazildi
Videobloger Zak Streli iPhone smartfonining barcha avlodini birma-bir suvda chidamlilik borasida sinovdan o‘tkazdi. U ishini iPhone 2G smartfonidan boshlab iPhone 6S smartfoni bilan yakunladi. Tadqiqotchining natijalari haqda SlashGear ma'lum qildi.
Tadqiqot davomida har bir qurilma yoqib qo‘yildi. So‘ngra ulardagi sekundomer ishga tushirilib, qurilmalar suvga solindi. Shu yo‘l bilan smartfonlarning suv ostida yoniq holatda qancha vaqt ishlashi tekshirib ko‘rildi. Qatordan birinchi bo‘lib iPhone 2G chiqib ketdi. So‘ngra navbatma-navbat qolgan smartfonlar ham o‘chib qoldi. Ular orasidan eng uzoq chidab berganlari iPhone 3G va iPhone 5S smartfonlari bo‘ldi.
iPhone 6S bloger o‘ylagandan ham ko‘ra tezroq o‘chib qolgan. Gap shundaki, avvalroq bir qancha bloger YouTube orqali iPhone 6S va 6S Plus smartfonlarining suvga chidamliligini namoyish etishgan edi. Bloger Zak Steyli qurilmani bir soat davomida suvda saqlab turgan. Tadqiqot tugaganidan so‘ng, bloger smartfondan hech qanday nuqson topmagan. “Home” tugmachasi ham, kamera ham, naushniklar ham va hatto 3D Touch yangi funksiyasi ham ishlavergan.