Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Palmiradagi tarixiy ustunlar majmuasini yo‘q qildi
IShID jangarilari Suriya shimoli-sharqidagi tarixiy Palmira shahridagi ustunlar majmuasini portlatib yubordi. Bu haqda Livandagi "An-Naxar" gazetasi saytida ma'lum qilingan.
Xabarda yo‘q qilingan ustunlar miqdori va ularning qaysi davrga mansubligi haqida ma'lum qilinmagan.
YuNeSKOning jahon madaniy merosi obekti hisoblangan Palmira shahri ustidan nazorat 2015 yil may oyida IShID jangarilari qo‘liga o‘tgan edi.
Avvalroq, oktabr oyi boshida Suriyaning Palmira shahridagi antik davrga oid obidalardan yana biri bo‘lmish Triumfal ark IShID jangarilari tomonidan portlatib yuborilgan edi. Qayd etish kerakki, miloddan avvalgi II asrga mansub ark shu davrgacha tarix silsilalariga dosh berib, o‘zining 20 metrlik balandligini saqlab kelgandi.
Avgust oyida esa jangarilar Palmira shahridagi 2 ming yillik ibodatxonani portlatib yuborgandi.
Sentyabr oyida esa IShID Palmira arxeologik kompleksidagi bir nechta maqbara minoralarini portlatib, yo‘q qilgandi.