Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik uchuvchilar “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi
F-16I qiruvchi samolyotida parvoz qiluvchi isroillik uchuvchilar samolyotning holati haqida ma'lumot beruvchi “aqlli” shlemlar bilan ta'minlanadi. Bu haqda Defense Aerospace nashri ma'lum qildi.
Shlem yordamida uchuvchilar samolyotning turli datchiklari va tizimlaridan vizual ko‘rinishdagi ma'lumotlarni oladilar. Bu ma'lumotlar uchuvchining o‘ng ko‘ziga maxsus himoyalangan oyna orqali tushiriladi. Uchuvchi parvoz balandligi, samolyotning joylashgan o‘rni, tezligi haqidagi axborotni yoki bort radiolokatsion stansiyasidan ma'lumotlarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Oynaga, shuningdek, parvoz vazifalari haqidagi ma'lumotlar ham chiqariladi. Shlemga parvozni va uchuvchining harakatlarini yozuvchi registrator-kamera o‘rnatiladi. Shlemning og‘irligi 6 kilogrammga yaqinni tashkil qiladi, biroq bu uchuvchilar uchun muammo bo‘lmaydi, chunki F-16I samolyoti yuqori manyovrlikdagi harbiy janglarda ishtirok etmaydi va sezilarli yuklamlarga uchramaydi.
Avvalroq Isroilning Rafael Advanced Defense System kompaniyasi Seulda o‘tgan ko‘rgazmada “Temir nur” jangovor lazer tizimini namoyish qilgan edi. Bu tizim raketaga qarshi mudofaani ta'minlashga va uchuvchisiz parvoz qurilmalarini urib tushirishga imkon beradi.