O‘zbekiston | 16:19 / 27.10.2015
6162
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki O‘zbekiston YaIM o‘sishi bashoratini 7,6 foizdan 7 foizga kamaytirdi

27 oktabr kuni Jahon banki shu yilning iyul oyida e'lon qilingan 2015 yil O‘zbekiston YaIM o‘sishi miqdori bashoratini 7,6 foizdan 7 foizga kamaytirdi.

Bank mutaxassislari hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi iqtisodiy rivojlanish 2016 yilda 7,8 foiz o‘rniga 7,5 foizni tashkil qiladi. 2017 yilda esa 8 foiz o‘rniga 7,8 foizni tashkil qiladi. O‘zbekiston YaIMi 2014 yilda 8,1 foiz o‘sish ko‘rsatdi.

2015 yilda O‘zbekiston tashqi hisob-kitob raqami saldosi YaIMning 0.2 foizni tashkil qiladi. 2014 yilda ushbu ko‘rsatkich 1,3 foizni tashkil qilgandi. 2016-2017 yillarda ushbu ko‘rsatkich 0,3 va 0,4 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Hisobotda aytilishiga ko‘ra, respublikada eksportni diversifikatsiya qilish va ichki talab hajmini oshirish yaqin yillar orasida iqtisodiyot rivojlanishiga hissa qo‘shadi, lekin paxta va oltinning narxi tushib ketishi va Rossiya kabi asosiy esport bozorlarida iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pastligi, hamda 2015 yilda pul o‘tkazmalarining 1,55 baravar kamayishi, YaIM o‘sishini 8 foizga yetkizishni ta'minlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi 10 yilda O‘zbekiston YaIM o‘sishi 8 foizdan yuqori bo‘lgan.

Biroz oldin, O‘zbekiston hukumati 2015 yilda YaIM o‘sishi 8 foiz bo‘lishini kutayotgani haqida xabar berilgandi.