Jamiyat | 10:07 / 27.10.2015
6460
1 daqiqa o‘qiladi
Jahonda geni o‘zgartirilgan organizm mahsuloti iste'moli tufayli birinchi qurbon berildi
Jahonda geni o‘zgartirilgan organizm mahsuloti iste'mol qilish oqibatida birinchi qurbon qayd etildi. Ispaniyalik Xuan Pedro Karlos pomidor yedi va unda birdan allergiya reaksiyasi boshlandi.
Uning tamog‘i bo‘g‘ildi va tana bosimi tushib ketdi. Yetib kelgan shifokorlar Karlosga yordam bera olishmadi, deb xabar bermoqda “Meditsina 99”.
O‘lim sababini aniqlashtirish maqsadida, mutaxassislar u yegan pomidor tarkibini tekshirib ko‘rishdi. Natijada ma'lum bo‘ldiki, sabzavot tarkibida xuddi baliqniki singari kimyoviy birikib ketgan g‘aroyib allergenlar bor ekan. Bundan tashqari, pomidor tarkibida antibiotik harakatini taqiqlovchi qandaydir modda va allergiya reaksiyasining oldini oluvchi leykotsidlar bo‘lgan.